Fransiyada Pavel Durovning akasi qiziruvga e’lon qilindi — Politico
Nikolay Durov xuddi Pavel Durov singari Fransiyada 2024-yilning mart oyida qidiruvga berilgan edi, deb yozadi Politico nomi noma’lum hujjatga tayangan holda.
“Hujjat shuni ko‘rsatadiki, Frantsiyaning “Telegram”ga nisbatan tergovi kengroq va ilgari ma’lum bo‘lganidan bir necha oy oldin boshlangan. Ish “Telegram”ning bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha tergovda Fransiya politsiyasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani bilan bog‘liq”, — deb yozadi Politico.
Pavel va Nikolay Durovlarni hibsga olish uchun orderlar “Telegram” messenjerining ma’lum bir foydalanuvchisini aniqlash bo‘yicha sudning avvalgi so‘rovini javobsiz qoldirganidan keyin chiqarilgan. Bu qanday foydalanuvchi ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
Sharhlar