Fransiyada Rojdestvo festivalida metall konstruksiya qulab tushdi, 13 kishi jabrlandi
Fransiyaning Trouvil-syur-Mer kurort shahrida Rojdestvo bayrami vaqtida baxtsiz hodisa yuz berdi. Qushning katta metall figurasi tadbir ishtirokchilari ustiga qulab tushdi, 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda Ouest France nashri xabar bermoqda.
Hodisa 30-noyabr kuni yuzlab odamlar Rojdestvo bayramlari boshlanishiga bag‘ishlangan paradga yig‘ilgan paytda yuz bergan. Qushning figurasini qo’llab-quvvatlovchi metall konstruktsiya bunga chiday olmadi va olomon ustiga qulab tushdi.
Voqea joyi zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Qutqaruv ishlarida politsiya va harbiylar ishtirok etgan.
Ulashish:
Sharhlar