FT: Ukraina va Rossiya Kursk oblastida qo‘lga olingan asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ukraina va Rossiya rasmiylari Kursk oblastidagi janglarda asirga olingan harbiylarni almashish bo‘yicha muzokaralarni boshladi, deb yozadi Financial Times nashri.
Oliy Radaning Inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinesning aytishicha, Rossiya Ombudsmani Tatyana Moskalkova almashinuv tafsilotlarini muhokama qilish tashabbusi bilan chiqqan, biroq Moskalkovaning o‘zi bunga hozircha izoh bermagan.
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi bu masala ustida ish olib borayotganini tasdiqladi. Rossiya rasmiylari avvalroq asirlar almashinuvini to‘xtatib qo‘yish imkoniyatiga shama qilgan edi, biroq Lubinesning aytishicha, Moskalkova bilan muzokaralar bu masalaning keyingi ijobiy siljishiga umid uyg‘otadi.
Lubinesning ta’kidlashicha, Moskva va Kiуev asirlar haqida ma’lumot almashishda davom etmoqda. Shuningdek, u BMT va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasini rossiyalik harbiy asirlarning huquqlari himoyalangani, Ukraina Jeneva konvensiyasiga muvofiq almashinuvni davom ettirishga tayyorligi haqida ma’lum qilgan.
Sharhlar