Kisida hukmron partiya rahbari saylovidan keyin Yaponiya bosh vaziri lavozimini tark etadi
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida sentabrda bo‘lib o‘tadigan, hukmron Liberal-demokratik partiya rahbari saylovida o‘z nomzodini ikkinchi muddatga qo‘ymaslikka qaror qildi, deb yozadi “Kommersant”. Shu tariqa, u saylovlardan keyin bosh vazir lavozimini tark etadi. Dastlab bu haqda OAVlar xabar bergandi, keyinroq bu ma’lumotni u matbuot anjumanida tasdiqladi.
“Bo‘lg‘usi saylovlarda saylovchilarga yangi Liberal-demokratik partiyani namoyish eta bilish muhimdir. Buning uchun shaffof va ochiq saylovlar, erkin va ochiqcha muhokamalar o‘tkazib, partiya o‘zgarishini ko‘rsatib berishi kerak. Shunday ekan, qo‘yish kerak bo‘lgan aniq-ravshan birinchi qadam — mening chetga chiqishimdir”, — dedi Kisida jurnalistlarga.
67 yoshli Fumio Kisida Yaponiya Liberal-demokratik partiyasiga 2021-yil sentabridan buyon yetakchilik qilib kelgan, o‘sha yil oktabridan esa bosh vazir lavozimini egallagan. Ta’kidlanishicha, saylovlar arafasida hukumat va hukmron partiyaga nisbatan tanqidlar kuchaydi, xususan, Kisida faoliyatini ma’qullash reytingi 30 foizdan pastroqda bo‘lib qolmoqda.
Sharhlar