FXX o‘zaro mahbuslar almashinuvini tasdiqladi
Sakkiz kishi NATO davlatlaridan Rossiyaga qaytdi, deb yozadi “RIA Novosti” Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning jamoatchilik bilan aloqalar markaziga tayanib.
Departament ularning ismlarini oshkor qilmadi.
Razvedka xizmatining ta’kidlashicha, rossiyaliklar “Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga zarar yetkazadigan xorijiy davlatlar manfaatlarini ko‘zlagan bir guruh shaxslarga” almashtirilgan.
Shuningdek, departamentda ayirboshlash natijasida voyaga yetmaganlar Rossiya Federatsiyasiga qaytganliklari qayd etilgan. So‘z rus josuslari Artyom va Anna Dulsevlarning farzandlari haqida ketayotgan bo‘lsa kerak. Er-xotin Sloveniyada Argentina fuqarolari niqobi ostida yashagan.
Ulashish:
Sharhlar