FXX: Rossiyada teraktlar sodir etish uchun Ukraina va NATO maxsus xizmatlari mehnat muhojirlarini yollamoqda
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktorining aytishicha, Ukraina va NATO maxsus xizmatlari Rossiyada teraktlar uyushtirish uchun mehnat muhojirlarini jalb qilmoqda. Aleksandr Bortnikovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina go‘yoki “Rossiya hududida terrorchilik xurujlari va qo‘poruvchilik harakatlarini kuchaytirib, Rossiya armiyasiga resurs yordamini susaytirmoqchi va aholi orasida vahima qo‘zg‘atmoqchi”.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina va NATO maxsus xizmatlari “o‘ta shov-shuvli jinoyatlar sodir etganlarni, shu jumladan mehnat muhojirlari orasidan” qidirmoqda va ularni yollamoqda.
Misol tariqasida, Bortnikov FXX tomonidan “aniqlangan” Moskva yaqinidagi “Krokus-siti xoll” zalidagi teraktda Ukraina harbiy razvedkasining ishtirokini keltiradi. U Ukraina razvedkasi, FXX fikricha, teraktga qanday aloqadorligi haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll”da 144 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 500 dan ortiq kishi jarohatlangan terakt uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” terrorchilik guruhi “Viloyat Xuroson” guruhi o‘z zimmasiga olgan. Rossiya rasmiylari hech qanday dalil keltirmasdan, Ukrainani hujumga aloqadorlikda aybladi. Kiyev bu ayblovlarni rad etdi.
Sharhlar