G‘azo halok bo‘lganlar soni 36,6 mingdan oshdi
2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan hujumi natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 36 ming 654 nafarga yetdi, 83 ming 309 nafari yaralangan. Bu haqda G‘azo sektoridagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 68 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, 235 nafari yaralangan.
Xabarda qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti.
Ulashish:
Sharhlar