G’azo sektorida poliomielitga qarshi emlash uchun bir qator “gumanitar pauzalar” e’lon qilindi
Bir hafta oldin Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti G’azo sektorida so’nggi 25 yil ichida birinchi poliomielit holatini tasdiqlagan edi. 10 oylik bola qisman falaj bo’lgan.
Emlash 10 yoshgacha bo’lgan 640 000 dan ortiq bolalarni qamrab olishi kerak. JSST bosh direktori oʻrinbosari Maykl Rayan Gʻazo sektoriga ogʻiz orqali yuboriladigan vaksinaning 1,26 millionga yaqin dozasi yetkazilganligini va yana 400 mingga yaqin dozani olib kelish rejalashtirilganligini ma’lum qildi.
Poliomielit o’ta yuqumli, davolab bo’lmaydigan virusli kasallikdir. Qaytarib bo’lmaydigan falaj har 200 kasallangan odamdan birida rivojlanadi va 5-10% hollarda o’limga olib keladi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida emlash tufayli poliomielit yo’q qilingan.
An’anaga ko’ra, o’ta yuqumli kasallikka qarshi emlash uch dozada, birinchi ikki doza o’rtasida bir oydan ikki oygacha, uchinchi doza esa taxminan olti oydan 12 oygacha amalga oshiriladi.
Sharhlar