“Gazprom” rekord darajadagi zararlar fonida qimmat ko‘chmas mulkni sotmoqda
Rossiyaning “Gazprom” davlat korporatsiyasi 2023 yilda 25 yil ichida birinchi rekord zarar ko‘rganidan so‘ng o‘zining hashamatli ko‘chmas mulkini sotishni boshlanganini e’lon qildi.
Oktyabr oyining boshida kompaniya Yangi Moskva hududidagi “Voskresenskoуe” posyolkasida joylashgan “Bogorodskoуe” Qabullar uyi” mehmonxona majmuasini sotuvga qo‘ydi. Ushbu to‘rt qavatli ob’ekt umumiy maydoni 12 758,6 kv.m. bo‘lib, Moskva halqa yo‘lidan atigi 14 km uzoqlikda joylashgan sog‘lomlashtirish va kurort markazi, fitness markazi, bar va restoranni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, “Gazprom” Armanistondagi mashhur tog‘-chang‘i kurortida joylashgan “Marriot Saxkadzor” mehmonxona majmuasini ham sotuvga taklif qilmoqda. Ushbu ob’ektning umumiy maydoni 14 284 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Joriy yilning may oyida korporatsiya Moskva va Moskva oblastidagi bir qator ko‘chmas mulk obуektlarini, jumladan “Stroiteli” ko‘chasidagi ofis binolarini va “Pervomayskoуe” posyolkasidagi “Imperial Park otel Spa” sanatoriy majmuasini sotuvga qo‘ygandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gazprom” 2023-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p zarar ko‘rgan Rossiya kompaniyalari reytingida yetakchilik qilgan edi.
Sharhlar