Gazprom Ukraina orqali gaz tranzitini to’xtatmoqchi

Foto: Ochiq manba

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Ukraina orqali gaz tranzitini to’xtatishga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda Reuters ism-sharifi oshkor qilinmagan manbaga tayanib.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, “Gazprom” 2025-yil 1-yanvardan Ukraina orqali gaz tranzitini toʻxtatishni rejalashtirmoqda. Kompaniya rejalari bilan tanish manbaning aniqlik kiritishicha, bu senariy hali yuqori rahbariyat tomonidan tasdiqlanmagan.

Gazprom 2025-yilda Rossiya gazining Yevropa va Turkiyaga eksporti 2024-yilga nisbatan 20 foizga qisqarishini va taxminan 39 milliard kub metrni tashkil etishini kutmoqda. Reuters manbasiga ko‘ra, gaz “Turk oqimi” va “Moviy oqim” gaz quvurlari orqali yetkazib beriladi, Turkiyaga eksport esa kamaymaydi. 2025-yilda “Gazprom” shuningdek, “Sibir qudrati” gaz quvuri orqali Xitoyga 38 milliard kub metr gaz yetkazib berish niyatida.

Avvalroq, mahalliy OMV unga qarshi sudda g‘alaba qozonib, 230 million yevro talab qilganidan keyin “Gazprom” Avstriyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatishga qaror qilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.