Germaniya 2040-yilgi Olimpiada o‘yinlariga ariza berish niyatida – OAV
Germaniya 24-iyul kuni Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun yangi ariza taqdim etish rejasini e’lon qilishi mumkin, deya xabar beradi ZDF telekanali manbalarga tayanib. Katta ehtimol bilan, so‘z 2040-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun ariza haqida bormoqda.
Germaniya hukumati 2025-yil uchun federal byudjetdan Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun arizani tayyorlashga 2,2 million yevro ajratdi. Avvalroq Germaniya 2036-yilgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun ariza bergan edi.
Berlin, Gamburg, Leyptsig, Myunxen va Reyn-Rur hududi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish istagini bildirish maktublarini yo‘llash orqali bildirgan.
26-iyul kuni ochiladigan Parij-2024 Olimpiadasidan so‘ng 2028-yilgi yozgi o‘yinlarning navbatdagi mezboni Los-Anjeles bo‘ladi, 2032-yilda esa Olimpiada Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkaziladi.
Sharhlar