Germaniya Afg‘onistonda hukumat tepasiga toliblar kelganidan keyin ilk bor 28 nafar afg‘on fuqarosini vataniga deportatsiya qildi

Фото: Азия-плюс

“Germaniyada qolish huquqiga ega bo‘lmagan” jinoyatchilar Afg‘onistonga deportatsiya qilindi, bu haqda Germaniya hukumatining vakili bildirgan.

Der Spiegel jurnalining yozishicha, afg‘onlar Qatar Airways charter samolyoti bilan Leypsig aeroportidan chiqarib yuborilgan.

Deportatsiya qilinganlarning bir qismi bir kechada bir necha federal shtatlardan Leypsigga olib kelingan. Har bir afg‘on fuqarosiga jo‘nab ketishdan oldin 1000 yevro berilgan.

“Soyuz 90”/”yashillar” partiyasining ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha eksperti siyosatchi Lamya Kaddor “X” ijtimoiy tarmog‘ida deportatsiya Qatar ko‘magida amalga oshirilganini tushuntirdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.