Germaniya Gruziyaning hozirgi hukumati bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda

Фото: спутник Грузия

Germaniya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bundan buyon Gruziyaning amaldagi hukumati bilan loyihalarni amalga oshirmasligini bildirdi. Bu haqda 3-dekabr kuni chop etilgan rasmiy bayonotda so‘z boradi.

“Gruziya hukumatining qarori (Yevropa integratsiyasini 2028yilgacha to‘xtatib turish) mamlakat fuqarolarini Yevropa kelajagi uchun imkoniyatdan mahrum qiladi. Biz hamkorligimizni qayta ko‘rib chiqdik va hozirgi hukumat davrida bu o‘z mazmunini yo‘qotmoqda, degan xulosaga keldik. Yangi loyihalar yoki kredit shartnomalari bo‘lmaydi”.

Ilgari vazirlik nochor oilalarga yordam beradigan SOS Children’s Villages kabi davlat va jamoat tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.