Germaniya kantsleri Olaf Shols О‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi
Germaniya kansleri Olaf Shols Markaziy Osiyoga o‘zining ilk tashrifini amalga oshiradi. Safar doirasida u О‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi, deya xabar beradi Germaniya hukumatining ofisi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan iborat bo‘ladi. Sholts davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, ularda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro siyosiy mavzular muhokama qilinadi.
17-sentyabr kuni Sholts Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan ikkinchi Markaziy Osiyo – Germaniya (5+1) sammitida ishtirok etadi. О‘tgan yili Berlinda bo‘lib o‘tgan birinchi sammitda strategik mintaqaviy sheriklik dasturiga yakun yasalgan edi.
Germaniya kantslerining safari ushbu dasturni yanada rivojlantirish va nisbatan yangi hamkorlik modelini mustahkamlashga qaratilgan.
Sharhlar