Germaniya Krasikovni berish haqidagi qarorni qabul qilish oson bo‘lmaganini bildirdi
AQSh dan so‘ng Germaniya almashuvga izoh berdi. Hukumat matbuot kotibi Shteffen Xebeshtreyt Bild nashriga Germaniya Vadim Krasikovni Rossiyaga ekstraditsiya qilish haqida qarorni oson qabul qilmaganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Krasikov Chechenistonning sobiq dala komandirining qotilligida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Qotillik kunduz kuni Berlin markazida sodir bo‘lgan.
Vladimir Putin Krasikovni vataniga qaytarish istagi haqida gapirgandi.
“Davlatning sudlangan jinoyatchiga nisbatan jazoni ijro etishdan manfaatdorligi Rossiyada qamoqqa olingan, nohaq siyosiy ta’qibga uchragan begunoh odamlarning erkinligi, jismoniy farovonligi va ba’zi hollarda hayoti bilan taqqoslandi”, – deydi Xebeshtreyt.
Bugun nufuzli Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi Germaniya federal prokuraturasidagi o‘z manbalariga tayanib, departament Vadim Krasikovni Rossiyaga ekstraditsiya qilish qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qilgan.
Prokuraturaning ta’kidlashicha, bu qaror o‘ldirilgan odamning qarindoshlarining fikrini inobatga olmaydi, lekin Vladimir Putinga nisbatan “haddan tashqari itoatkorlik” ni namoyish etadi.
Sharhlar