Germaniyaning g‘arbiy qismida mehmonxona qulab tushdi, bir kishi halok bo‘ldi
Reynland-Pfalts shtatidagi Mozel daryosi bo‘yidagi Kröf qishlog‘ida binoning qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Sakkiz kishi vayronalar ostida qolib ketgan, ulardan ba’zilari og’ir yaralangan, deydi Trier politsiyasi. Ular orasida bola ham bor, u jismonan jarohat olmagan, deya xabar beradi dpa politsiya vakiliga tayanib. Ertalab qutqaruvchilar vayronalar ostidan bir necha kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Qutqaruvchilar bola va yana besh nafar jabrlanuvchi bilan aloqada. Politsiya qutqaruv operatsiyasini “juda qiyin” deb atadi, chunki eskirgan yarim yog’ochli binoga faqat ehtiyotkorlik bilan kirish mumkin edi. Marhum ham hali vayronalar ostidan chiqarilmagan.
Voqea joyida 250 ga yaqin favqulodda xizmatlar xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va tez tibbiy yordam xodimlari, shuningdek, qutqaruvchi itlar ishlamoqda.
Bir kun avval kechga yaqin sodir bo‘lgan fojia vaqtida binoda 14 kishi bo‘lgan, ulardan besh nafari jabrlanmagan va binoni tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Bino qulaganidan keyin qo‘shni uylardan 31 kishi evakuatsiya qilingan. Fojia sabablari hozircha aniq emas.
Sharhlar