Germaniya mudofaaga xarajatlar bo‘yicha NATO normasini oshirib bajaradi
Germaniya bu yil mudofaa ehtiyojlari uchun rekord darajada, ya’ni 90,6 milliard yevro ajratadi va buning natijasida NATO normasini ishonch bilan, ya’ni YaIMning ikki foizi bilan bajaradi. 18 iyun, seshanba kuni e’lon qilingan NATO prognoziga ko‘ra, Germaniya tomonidan ajratiladigan mablag‘ YaIMning 2,12 foizini tashkil qiladi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida bu yil Germaniya birinchi marta NATOning 2014-yilda belgilangan YaIMning ikki foizi miqdoridagi harbiy xarajatlar standartiga javob beryapti. Umuman olganda, alyansning 32 davlatidan 23 tasi belgilangan kvotani bajarishi kerak, dedi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg.
“NATO ittifoqchilari bu yil mudofaa xarajatlarini 18 foizga oshirmoqda. Bu ancha yillardan beri eng katta o‘sishdir”, — dedi u 17-iyun kuni kechqurun Oq uyda AQSh prezidenti Jo Baydenga.
Stoltenberg Vashingtonga alyans tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun kelgan. Uchrashuv iyul oyida AQShda bo‘lib o‘tadi.
Sharhlar