Germaniya rasmiylari Shimoliy oqimni portlatganlikda gumon qilayotgan g‘avvos Ukraina diplomatlari mashinasida mamlakatni tark etdi – Der Spiegel
Germaniya hukumati tomonidan “Shimoliy oqim” gaz quvurlarini portlatganlikda gumonlanayotgan ukrainalik g‘avvos Vladimir Juravlev Ukrainaning Varshavadagi elchixonasi diplomatik raqamlari bo‘lgan avtomobilida Germaniyani tark etdi, deb yozadi Der Spiegel.
Juravlevni hibsga olish to‘g‘risidagi order iyun oyi boshida Germaniya sudi tomonidan chiqarilgan va keyin u Pruskov shahrida yashagan Polshaga ko‘chirilgan.
Biroq, Polsha huquq-tartibot idoralari uni hibsga olishdan bosh tortib, gaz quvurini vayron qilganlar “hibsga olinmaydi, medallar bilan taqdirlanishi kerak” deb alohida aytishdi.
6 iyul kuni Juravlev Polsha rasmiylarining talabiga binoan Polshadan Ukrainaga jo’nab ketdi.
Ulashish:
Sharhlar