Germaniya TIV rahbari Kiyevga yetib keldi

фото: news-kiev.ru

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Barbok Kiyevga tashrifi chog‘ida urushning uchinchi qishi yaqinlashayotgan bir paytda Ukraina omon qolishini ta’minlash uchun yordamga muhtojligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Deyarli ming kun davomida Putin urushi ukrainaliklarning kundalik hayotini larzaga keltirdi, lekin ularning jasorati va erkin Ukrainada xavfsiz hayotga umidini emas”, – dedi Burbok Ukraina poytaxtiga yetib kelgach.

“Ukrainaliklar nafaqat qishdan omon qolishlari, balki oʻz mamlakatlari ham omon qolishi uchun biz insoniyligimiz va yordamimiz bilan bu shafqatsizlikka qarshi turamiz. Chunki ular Yevropadagi barchamizning erkinligimizni ham himoya qiladi”, degan vazir.

Uning taʼkidlashicha, Rossiya yetkazilgan zarar uchun milliardlab yevro toʻlashi kerak, ammo bu sodir boʻlgunga qadar Katta yettilik (G7) Kiyevni 50 milliard dollarga yaqin kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlaydi.

Bu uning Ukrainaga sakkizinchi tashrifi. Burbok oxirgi marta mamlakatga may oyida kelgan edi. U prezident Vladimir Zelenskiy va Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.