Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi

фото: rbc.ru

Frankfurt prokuraturasi Germaniyada rus-o‘zbek milliarderi Alisher Usmanovga nisbatan “pul yuvish” ishi bo‘yicha tergovni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Reuters Usmonovning advokatlariga tanib, xabar beradi.

“Biz hamisha mijozimizning aybsizligini ta’kidlab kelganmiz”, – deya tasdiqladi buni Usmanovning advokatlari Uve Lembruk va doktor Markus Gottsens.

Bundan tashqari, advokatlar tergov ishlari ikki yarim yildan ortiq vaqtga cho‘zilishiga qaramay, uning asosiy ayblovlari, shu jumladan “pul yuvish” ayblovlari, isbotlanmaganini ma’lum qilishdi.

Milliarderlar indeksi Bloomberg’ning ma’lumotlariga ko‘ra, boyligi 14,4 milliard dollarga yetgan Usmonov o‘z boyligiga ko‘mir sanoati, telekommunikatsiya va ommaviy axborot vositalari orqali erishgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.