Germaniyada deputat Rossiya fuqaroligi borligini yashirib nemis fuqaroligini olgani ma’lum bo’ldi
Germaniyada Rossiya maxsus xizmatlariga aloqador Rossiya fuqarosi nemis pasportidan mahrum qilindi. Berlin va Brandenburg Oliy maʼmuriy sudi qarorida aytilishicha, “Germaniya uchun alternativ” oʻng qanot populistik partiyasidan sobiq deputat yordamchisi Vladimir Sergienko Rossiya pasporti borligini yashirib, aldov yoʻli bilan Germaniya fuqaroligini olgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi ma’lumotlariga ko’ra, Sergienko Rossiya davlat idoralari nomidan Germaniya zarariga harakat qilgan.
Sergienko uzoq vaqtdan beri AfD Bundestag deputati Eugen Shmidtning xodimi bo’lgan. 2019-yilda Germaniya fuqaroligini olish uchun ariza topshirayotganda u faqat Ukraina fuqaroligiga ega ekanligini ko’rsatdi. 2022-yil noyabr oyida uning arizasi “xavfsizlik organlarining jiddiy xavotirlariga qaramay” qanoatlantirildi, ular Sergienkoning Rossiya razvedka xizmatlari bilan aloqasi borligini taxmin qildilar.
2023-yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasidan Gamburg aeroportiga yetib kelganida, Sergienkoda Rossiya pasporti va katta miqdordagi pul borligi aniqlangan. Shundan so’ng Berlin hukumati uni Germaniya fuqaroligidan mahrum qildi. Der Spiegel nashrining yozishicha, u hozirda Rossiyada joylashgan.
Sharhlar