Germaniyada raqamlashtirilgan “Shindler ro‘yxati” chop etildi

Фото: DW

Germaniya Federal arxivi ikkinchi jahon urushi davrida 1200 nafar yahudiyni kontslagerlarda o‘limdan qutqarib qolgan germaniyalik tadbirkor Oskar Shindlerning hujjatlari bilan tanishish imkonini beruvchi onlayn ko‘rgazmani tashkil qildi.

Ko‘rgazmada 25 yil avval Shindlerning Xildesxaymdagi uyining chordog‘idan topilgan jomadondagi buyumlarni ko‘rish mumkin. Unda yetti mingga yaqin hujjat va fotosuratlar, shu jumladan “Shindler ro‘yxati”ning nusxasi, ya’ni tadbirkor 1943-yilda fashistlar tomonidan bosib olingan Krakovdagi zavodda ishlash uchun yollangan odamlarning nomma-nom ismlari ro‘yxati mavjud. Topilma hozirda Isroilning “Yad Vashem” xolokost muzeyida saqlanmoqda.

Oskar Shindlerning tarixi 1993-yilda rejissyor Stiven Spilberg “Shindler ro‘yxati” filmini chiqarganida keyin keng mashhurlikka ega bo‘ldi. Film yettita Oskar va boshqa ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.