Germaniyada shu yilning dastlabki olti oyida elektr energiyasining 58% tiklanadigan manbalardan olindi

Фото: институт энергетики

Baden-Vyurtemberg Quyosh energiyasi va vodorod tadqiqotlari markazi hamda Energetika va suv xo‘jaligi federal birlashmasining hisob-kitoblariga ko‘ra, bu shamol, quyosh, biomassa va suvdan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha olti oylik yangi rekord hisoblanadi.

2023-yilning birinchi yarmida ushbu ko‘rsatkich 52 foizni tashkil etgandi – bu mamlakat tarixida qayta tiklanadigan energiya manbalari iste’mol qilinadigan elektr energiyasining yarmidan ko‘pini ta’minlagan birinchi yil bo‘ldi. Joriy yilning birinchi olti oyida Germaniyada qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasi ham oylik ehtiyojning yarmidan ko‘pini qoplagan, deydi ekspertlar.

Shu bilan birga, Germaniyada elektr energiyasi iste’molining umumiy hajmi 261 mlrd kVt/soatni tashkil etdi – bu o‘tgan yilga nisbatan 0,3% kam. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 58 foizidan 24 foizi shamol energiyasidan, 14 foizi fotoelektr tizimlaridan, to‘qqiz foizi biomassadan, besh foizi dengiz shamolidan va atigi bir foizi maishiy chiqindilardan olingan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.