Germaniyada Telegram messenjerini yetarlicha hamkorlik qilmaganlikda ayblashmoqda
Germaniyada “Telegram” messenjerini yetarli darajada hamkorlik qilmaganlikda ayblashmoqda, deb yozadi DW.
Bu haqda Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi ma’lum qilgan.
Maxsus xizmat rahbarining o‘rinbosari Zinan Zelenning so‘zlariga ko‘ra, turli doiralar Pavel Durov platformasida muloqot qilishadi, ular departamentning “diqqat markazida”, biroq islomiy terrorizm yoki o‘ng ekstremizmga qarshi kurashish haqida gap ketganida, “Telegram” bilan boshqa platformalar kabi ma’lumotlar almashinuvi yo‘q”.
“Qonuniy ruxsat etilgan” so‘rovlar doirasida axborotni juda tez va ishonchli taqdim etuvchi platformalar mavjud, biroq Telegram ulardan biri emas, deya qo‘shimcha qiladi Zelen.
Ulashish:
Sharhlar