Germaniyada uchinchi mamlakatlar orqali Rossiyaga qimmabaho avtomobillar yetkazib berilishi holatlari tergov qilinmoqda
26-iyun kuni Germaniyaning Reynland-Pfalts federal yeridagi bir nechta avtodilerlarning ofislari tintuv qilindi.
Prokuratura ularni Rossiyaga qimmatbaho avtomobillar sotish bo‘yicha sanktsiyalarni buzganlikda gumon qilmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar avtomobillar Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiyaga eksport qilinayotgani haqida xabar berib, Germaniya rasmiylarini yanglishtirgan. Aslida, prokuraturaning fikricha, ular Rossiyaga sotilgan.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari 190 ta avtomobilning sotilishi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. 26-iyun kuni avtosalonlar ofislarida tintuvlar o‘tkazildi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, tintuvlar chog‘ida “keng ko‘lamli dalillar” qo‘lga kiritilgan va 4,5 million yevrodan ortiq qiymatdagi hisoblar hibsga olingan.
2022 -yil mart oyida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga hashamatli tovarlarni sotishni taqiqladi. Sanktsiyalar, shuningdek, narxi 50 ming yevrodan ortiq bo‘lgan avtomobillarni ham o‘z ichiga olgan.
Sharhlar