Germaniyadagi pichoq hujumi munosabati bilan qirg‘izistonlik o‘smir ushlandi
Zolingen shahridagi baayram festivalida sodir etilgan pichoqli hujum munosabati bilan qirg‘izistonlik 15 yoshli o‘smir ushlandi.
Spiegel ma’lumotlariga ko‘ra, gumondor qochoqlar uchun yotoqxonada yashagan, guvohning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi bilan ehtimoliy hujumni muhokama qilgan. O’smir rejalashtirilayotgan jinoyat haqida xabar bermaganlikda gumon qilinmoqda.
Dyusseldorf politsiyasi uning voqeaga aloqadorlik darajasini tekshirib, bir vaqtning o‘zida bir nechta joylarda tintuv o‘tkazmoqda. Xabar qilinishicha, qotillik quroli shahar markazidagi axlat qutisidan topilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval noma’lum shaxs Zolingenning 650 yilligiga bag‘ishlangan shahar festivaliga tashrif buyuruvchilarga pichoq bilan hujum qilgan. Hujum natijasida uch kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir. Jinoyatchi hamon qidiruvda.
Sharhlar