Germaniyaning Troysdorf shahridagi mudofaa korxonasida portlash yuz berdi – ikki kishi yaralangan
Bonn yaqinidagi Troysdorf shahrida joylashgan Diehl Defence zavodida portlash sodir bo‘lib, ikki kishi og‘ir jarohatlandi.
Voqea ertalab, soat 9:30 da portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda yuz bergan. Yaralangan ishchilar Kyolndagi Merxaym tuman kasalxonasiga yetkazilgan.
Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda, ikkita vertolyot va bir nechta tez tibbiy yordam mashinalari jalb etilgan. Diehl Defence kontserni vakillari portlashni tasdiqladi.
Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, voqeaga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bir kishi bedarak yo‘qolgan va Troysdorfdagi binolardan biri ham zarar ko‘rgan.
May oyi boshida Berlindagi yana bir Diehl Defence zavodida katta yong‘in sodir bo‘lgandi, sug‘urta kompaniyasining ta’kidlashicha, bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgan, ammo keyinchalik ehtimoliy sabotaj haqida taxminlar ham paydo bo‘lgan.
Diehl Defence kontserni mudofaa mahsulotlari, jumladan, Germaniya Ukrainaga yetkazib beradigan IRIS-T havo mudofaa tizimlarini ishlab chiqaradi.
Sharhlar