Gershkovich murojaatida Putindan kechirim va intervyu berishini so‘radi
Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi rossiyalik muxbir Evan Gershkovichning ozod etilishi tafsilotlari haqida xabar berdi.
Nashrning yozishicha, almashishdan oldin Gershkovichga qamoqda yozgan barcha materiallarni, jumladan, xatlar va kitob qoralamalarini olib ketishga ruxsat berilgan.
Jurnalistdan Vladimir Putin nomiga afv etish bo‘yicha rasmiy arizani to‘ldirish talab qilingan. Chop etilgan hujjat shablonida mahbus to’ldirishi yoki bo’sh qoldirishi mumkin bo’lgan katta bo’sh joy bo’lgan.
Gershkovich uni “16 oylik qamoqda o‘tirgani davomida mukammallikka erishgan rasmiy rus tilida” to‘ldirgan.
Oxirida u Putindan: “Ozodlikka chiqqanidan keyin menga intervyu berishni xohlaysizmi?”, – deb so‘ragan.
1-avgust kuni kechqurun Kreml saytida prezident 13 kishini, jumladan Gershkovichni afv etish haqidagi farmonni imzolagani haqida xabar paydo bo‘ldi. Putin intervyuga rozi bo’lganmi yoki yo’qmi noma’lum.
Sharhlar