GFR “Shimoliy oqim”ni portlatishda gumon qilinayotganlarning shaxsini aniqladi
Germaniya Bosh prokuraturasi “Shimoliy oqim” gaz quvuri tarmoqlarini portlatishda gumon qilinayotgan ikki kishining shaxsini aniqladi. Bu haqda Germaniya bosh prokurori Yens Rommel Spiegel nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir tergov boshqa gumondorlarni aniqlash va operatsiya ustidan hukumat nazorati bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob topishga qaratilgan. “Biz ayblanuvchilardan ikkitasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Nazarimda, bu biz boshida kutmagan muvaffaqiyat bo‘ldi”, — deydi Rommel.
Rommel, shuningdek, Ukrainaning portlashlarga aloqadorligi haqidagi savoliga javob berdi. “Bu siyosiy mansubligidan qat’i nazar, mahalliy iqtisodiyot va jamiyatlarni beqarorlashtirishga qodir bo‘lgan mamlakatimiz energiya ta’minotiga qilingan jiddiy hujum edi”, – deydi u.
Sharhlar