Eron Isroilga hujumda birinchi marta gipertovushli raketalardan foydalanganini ma’lum qildi
Eron Isroilni o‘qqa tutish chog‘ida birinchi marta gipertovushli raketalardan foydalanganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters Eron davlat televideniyesiga tayanib xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, eronlik harbiylar birinchi marta Fattah-2 raketalarini qo‘llagan. Raketa 2023-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, u yadroviy jangovar kallaklarni tashiy oladi.
Mehr agentligi yozishicha, Eronning gipertovushli raketalari go‘yoki Isroilning Arrow-2 va Arrow-3 havo hujumiga qarshi mudofaa majmualariga borib tekkan. Ushbu ma’lumot tasdiqlanganicha yo‘q.
Ulashish:
Sharhlar