Google Qozogʻistonda qidiruv tizimini tanlash oynasini joriy qildi
Google Markaziy Osiyoda birinchi va dunyo boʻyicha uchinchi boʻlib Qozogʻiston foydalanuvchilariga qidiruv tizimini tanlash oynasi imkoniyatini berdi. Bu qadam yirik texnologik kompaniyaning mahalliy regulyator talablariga itoat qilishga tayyorligini ko’rsatmoqda.
Bunga Qozogʻiston Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligining Google MChJ, Google Ireland Limited va Google Commerce Limited bozorda oʻzining hukmron mavqeyini suiisteʼmol qilayotgani boʻyicha bildirishnoma yuborgani sabab boʻlgan.
Yaʼni, Qozogʻiston regulyatori Google’dan raqamli bozorda adolatli raqobat tamoyiliga amal qilishni talab qilgan. Bu holat raqobatni rag’batlantiradi va kichikroq kompaniyalar uchun bozorga kirish imkoniyatini beradi.
Sharhlar