Greta Tunberg Bokuda o‘tkazilayotgan COP29 iqlim konferensiyasini tanqid ostiga oldi
Ekofaol Greta Tunberg Tbilisida Kavkazdagi avtoritarizmga qarshi norozilik namoyishida nutq so‘zladi. Tunberg bir haftadan beri Gruziyada bo‘lib, avvalroq parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarda qatnashgandi.
“Kavkaz mintaqasi bo‘ylab tarqalayotgan avtoritarizm va ekspluatatsiya to‘lqiniga qarshi birlashish uchun mitingga qo‘lishing… Biz haqiqiy erkinlik, tenglik, adolat va foyda emas, odamlar birinchi o‘rinda turadigan mintaqa tarafdorimiz”, — deb yozadi Tunberg ijtimoiy tarmoqlarda.
Mitingda Tunberg 11-noyabr kuni Bokuda boshlangan iqlim anjumanini ham tanqid qildi. Tunbergning so‘zlariga ko‘ra, “Ozarbayjon COP29 konferensiyasidan parda sifatida foydalanib, soxta yashil kun tartibini kuchaytirmoqda, hokimiyat ustidan nazoratni kuchaytirmoqda va mintaqaviy tanglikni kuchaytirmoqda”.
Sharhlar