Gretsiyada ko‘plab sayyohlar bedarak yo‘qolmoqda
55 yoshli erkak o‘tgan seshanba kuni Gretsiyaning Matrakion orolidagi mehmonxonasidan g‘oyib bo‘lgan va yakshanba kuni o‘lik holda topilgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi bir hafta ichida mamlakatda vafot etgan uchinchi sayyohdir.
74 yoshli niderlandiyalik erkak shanba kuni Samos orolida yolg‘iz sayrga chiqqanidan keyin o‘lik holda topilgan. Uning jasadi jar bo‘yidan topilgan.
Britaniyalik tarmoq shifokori Maykl Mosli esa bir hafta oldin Simi orolida o‘lik holda topilgan. Simi meri Lefteris Papakalodukasning aytishicha, u tik qiyalikdan yiqilib tushgan.
Hozirda yana bir qancha sayyohlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Ular orasida 59 yoshli amerikalik Albert Kalibet Amorgos orolida sayohatdan keyin g‘oyib bo‘lgan.
Kalibetning bir qancha qarindoshlari va do‘stlari Los-Anjeles okrugi politsiyasining nafaqadagi zobitini qidirish uchun Gretsiyaga borishgan.
Sikinos orolida bedarak yo‘qolgan ikki fransuz sayyohni qidirish operatsiyasi davom etmoqda. Unda qo‘shni Ios orolidan ko‘ngillilar, o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilar ishtirok etmoqda.
Ular Fransiyadan Gretsiyaga kelgan 73 va 64 yoshdagi ikki ayolni qidirmoqda.
“Cyclades24” telekanalining xabar berishicha, ayollar turli mehmonxonalarda istiqomat qilishgan, biroq ular bir-birlari bilan qarindosh bo‘lishgan.
Sharhlar