Tramp AQSHdagi kollejlarni bitiradigan chet ellik talabalarning barchasiga grin-karta va’da qildi
Amerika ta’lim muassasalarini bitirgan chet ellik talabalar OTMni tugatganlik haqidagi diplomiga qo‘shimcha ravishda grin-kartani qo‘lga kiritishi kerak, deya ma’lum qildi AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp All-In Podcast Youtube-kanaliga bergan intervyusida.
“Kollejni bitiryapsanmi, demak mamlakatimizda qolish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun diplomingning bir qismi sifatida avtomatik tarzda grin-kartani qo‘lga kiritishga loyiqsan, deb o‘ylayman”, — dedi Tramp. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSH rivojiga ahamiyatli hissa qo‘sha oladigan eng malakali bitiruvchilar mamlakatda qolishi mumkin.
Boshlovchilarning Tramp “Amerikaga butun dunyodan eng yaxshi va yorqin odamlarni import qilish” uchun ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etishga va’da berish-bermasligi haqidagi savoliga javoban, sobiq prezident bunga va’da berishini, chunki bu maqsadga qo‘shilishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi.
Sharhlar