Gruziya bosh vaziri mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarini 2028-yilgacha to‘xtatishini ma’lum qildi
Gruziya bosh vaziri Tbilisi 2028-yilgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralardan voz kechishini aytdi.
“Bugun biz Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni boshlash masalasini 2028-yil oxirigacha kun tartibiga qo‘ymaslikka qaror qildik <…> Bundan tashqari, 2028-yil oxirigacha biz Yevropa Ittifoqining har qanday byudjet grantlaridan voz kechamiz,” – dedi Irakliy Kobaxidze (Mtavari kanali bo‘yicha iqtibos)
Oktyabr oyi oxirida Gruziyada parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ularda hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Muxolifatdagi partiyalar saylovlarda soxtalashtirish bo‘lganini e’lon qildi va natijalarni tan olishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng mamlakatda bir qator mitinglar bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 28-noyabr kuni Yevroparlament o‘z qarori bilan Gruziyada oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini tan olmadi va xalqaro kuzatuv ostida yangi saylovlarni o‘tkazishga chaqirdi.
Sharhlar