Gruziya bosh vaziri muxolifot partiyalar tugatilishi mumkinligini istisno qilmadi
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze muxolifat partiyalar tugatilishini istisno etmadi. Rasmiylar saylov natijalarini tan olmagan partiyalarni konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqishda aybladi.
Kobaxidzening aniqlik kiritishicha, konstitutsiyaviy da’vo qo‘yish uchun oz sonli deputatlar yetarli. Uning qayd etishicha, agar muxolifat konstitutsiyaviy tuzumni buzishda davom etsa, bu masalani muhokama qilishga qaytishi mumkin.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda muxolifat shu qadar zaiflashganki, bunday choralar zarur bo‘lmasligi mumkin, garchi mamlakatning uzoq muddatli barqarorligi nuqtai nazaridan bu foydali bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da.
Muxolifat partiyalarni taqiqlash g‘oyasi “Gruziya orzusi” saylovoldi dasturining bir qismi hisoblanadi. Partiya saylovchilarni “Birdamlik – Milliy harakat”, “Kuchli Gruziya”, “O’zgarish uchun koalitsiya” va “Gaxariya – Gruziya uchun” partiyalarini konstitutsiyaga zid deb e’lon qilish uchun uni konstitutsiyaviy ko‘pchilikni tashkil etish uchun yetarli darajada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, bu to‘rt muxolifat uyushmasi 2024 yilgi parlament saylovlarida 5 foizlik chegaradan o‘tgan.
Sharhlar