Gruziya MSK prezidentni saylovlardagi elektron texnologiyalarni obro‘sizlantirishda aybladi

Фото: REUTERS/Irakli Gedenidze

Gruziya Markaziy saylov komissiyasi prezident Salome Zurabishvilini saylovlardagi elektron texnologiyalarni obro‘sizlantirishda aybladi. Ushbu bayonot MSK saytida e’lon qilingan.

Markaziy saylov komissiyasi vakillarining aytishicha, Salome Zurabishvili so‘nggi kunlarda jamoatchilikni saylovlar soxtalashtirilganiga ishontirmoqda. Jumladan, ular Zurabishvilining intervyusida saylovlar vaqtida “karusellar” tashkil etilgani va fuqaro bitta aydi-karta yordamida 17 martagacha ovoz berishi mumkinligi haqidagi so‘zlarini keltirib o‘tadi.

Markaziy saylov komissiyasi Zurabishvilining so‘zlari yolg‘on va asossiz ekanini da’vo qilmoqda. Bayonotda Amerikaning PRO V&V auditorlik kompaniyasi vakillarining so‘zlari keltiriladi, ularga ko‘ra saylovlarda ovozlarni elektron sanash qoidabuzarliklarsiz ishlagan.

Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tanqid qilish “haqiqatni inkor etish va jamoatchilikni chalg‘itishga urinish” ekanini aytdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.