Gruziya prezidenti Konstitutsiyaviy sudga “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Konstitutsiyaviy sudga “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Buni Salome Zurabishvilining matbuot kotibi Giorgiy Msxiladze tasdiqlagan. Msxiladzening ta’kidlashicha, bu qonun Gruziya konstitutsiyasiga ziddir.
“Ushbu qonun konstitutsiyaga zid, Gruziya Konstitutsiyasining 78-moddasiga zid. Da’vo Konstitutsiyada kafolatlangan asosiy huquqlarni buzuvchi qoidalarga e’tiroz bildiradi. Prezident qonunni toʻxtatib turishni va nihoyat uni bekor qilishni talab qilmoqda”, – degan prezidentning matbuot kotibi Georgiy Msxiladze.
Parlament deputatlari “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga qarshi konstitutsiyaviy da’vo ham qo‘yadilar, dedi mustaqil deputat Tamar Kordzaia. Muxolifatchi deputatlarning da’vosi iyul oyi oxirida topshiriladi.
Sharhlar