Gruziyada rejali mashg‘ulotlar paytida Su-25 samolyoti halokatga uchradi
Gruziyada rejali mashg‘ulotlar vaqtida Su-25 samolyoti halokatga uchradi, natijada uchuvchi halok bo‘ldi, deya xabar berdi seshanba kuni mamlakat Mudofaa vazirligi.
“Joriy yilning 2 iyul kuni aviatsiya komponenti ishtirok etgan rejali harbiy mashg‘ulotlardan birida Mudofaa kuchlariga tegishli samolyotlardan biri halokatga uchradi. Su-25 halokati natijasida Mudofaa kuchlari aviatsiya qo‘mondonligi uchuvchisi Kaxaber Zurabashvili fojiali tarzda halok bo‘ldi”, — deyiladi Mudofaa vazirligining xabarida.
Ulashish:
Sharhlar