Gruziyada “Yevropani tanla” fuqarolik harakatiga asos solindi

Фото: Сова ньюс

Gruziyada “Yevropani tanla” fuqarolik harakati tashkil etildi, deb xabar beradi Sova News.

Birlashmaning maqsadi “Gruziyaning Yevropadagi kelajagini qutqarish uchun ishlash”. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili “Yevropani tanla” guruhiga qo‘shildi.

“Menimcha, biz Yevropani ancha oldin tanlaganmiz. Gruziya taraqqiyot yo‘lini, erkinlik yo‘lini, demokratiya yo‘lini tanlaydi va bu tariximizning barcha asosiy bosqichlarida Yevropa yo‘lidir. Yevropa qadriyatlari, birinchi navbatda, gruzin qadriyatlari va aynan shuning uchun biz Yevropa tomon harakat qilishimiz oson”, — deydi Zurabishvili.

U, shuningdek, bo‘lajak saylovlar referendum ekanligini va “bu referendumda Gruziya jamiyati bir tomonda, boshqa tomonda esa kelajagimizni tortib olgan hukumat” ekanini ta’kidladi.

Shu hafta boshida, 9-iyul kuni uchta muxolifat partiya – “Droa”, “Axali” va “Girchi – ko‘proq erkinlik” birlashganini e’lon qildi. Bir kun oldin boshqa ikki muxolifat partiya, “Yagona milliy harakat” va “Agmashenebeli strategiyasi” “Gruziyani qutqarish uchun birlik” platformasini yaratdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.