Gruziyadagi saylovlarda yuqori darajada faollik va qoidabuzarliklar bilan bog‘liq holatlar qayd etildi

Фото: ТАСС

Saylov uchastkalari Moskva vaqti bilan ertalab soat 7 da ochildi, ovoz berish 19:00 gacha davom etadi. 12 yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lgan “Gruziya orzusi” partiyasi fuqarolarni tinchlik va urush o‘rtasida tanlov qilishga chaqirdi, partiya vakillarining fikricha, muxolifat aynan shunga intilmoqda.

Soat 15:00 ga kelib saylovchilarning ishtiroki 41,62 foizni tashkil etgan, deyarli bir yarim million kishi ovoz bergan – bu 2012 yildan beri rekord ko‘rsatkich, o‘shanda bu paytda saylovchilarning ishtiroki 44,99 foizga yetgandi.

Ekzit-pollar natijalari hali e’lon qilinmagan, biroq “Gruziya orzusi” ham, muxolifatdagi “Yagona milliy harakat” partiyasi ham o‘z yetakchiligini allaqachon e’lon qilib bo‘ldi.

Marneulidagi saylov uchastkasida birdaniga bir nechta saylov byulletenlarini tashlash holati qayd etildi. Markaziy saylov komissiyasi saylov uchastkasini yopdi va natijalarni bekor qildi, Ichki ishlar vazirligi esa jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Ommaviy axborot vositalari esa bir nechta zo‘ravonlik voqealari haqida xabar bergan: Tbilisida muxolifatchilar va noma’lum shaxslar o‘rtasida ikkita mushtlashuv bo‘lib o‘tgan, hujumchilarning birida pichoq bo‘lgan. Shuningdek, Tbilisida muxolifat kuzatuvchisi Salome Kinchiashvili hujumga uchragan va uning telefonini tortib olishga uringan. Telavida TV Pirveli  tasvirga olish guruhi hujumga uchragan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.