Trampga nisbatan suiqasdda gumonlanuvchi so‘nggi uch yil Kiyevda yashagan

Фото: nypost.com

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirishda gumonlanayotgan Rayan Uesli Rut so‘nggi uch yil asosan Kiyevda yashagan, deb xabar bermoqda The Times o‘z manbalariga tayanib.

U yerda u Afg‘oniston, Iroq va suriyalik harbiy xizmatchilarni Ukrainadagi jangovar harakatlarda Ukraina qurolli kuchlari tomonida turib jang qilishga yollash bilan shug‘ullangan. Manbalarga ko‘ra, Kiyevda Rutning doimiy yashash joyi bo‘lmagan. U Ukraina harbiy qismlari bazalari yoki kazarmalarida tunagan.

Rutning Ukrainadagi kontakt bilan 2022-yil yozidan 2023-yil kuzigacha davom etgan yozishmasi arab mamlakatlaridan yollangan askarlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, u Ukraina xalqaro legion vakili bilan muloqot qilgan, ammo u 2022-yil noyabrida Suriya va Iroqdan askarlarni qabul qilishdan bosh tortib, ushbu mamlakatlar harbiy xizmatchilari “jiddiy sabablarga ko‘ra taqiq ostida” ekanini ta’kidlagan.

Gazetaning Ukrainadagi suhbatdoshlaridan biri aytishicha, Rut “yollash ishida muayyan yutuqlarga erishgan”, ammo 2-Xalqaro legion qo‘mondoni pokovnik Ruslan Miroshnichenko nashr bilan suhbatda amerikalikdan qandaydir yordam qabul qilganini rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rut ixtiyoriy ravishda harakat qilib, chet elliklarni yollash bo‘yicha hech qanday vakolatlarga ega bo‘lmagan, ko‘p hollarda uning xatti-harakatlari Ukraina qurolli kuchlarining yollanma jangchilarni qabul qilish bo‘yicha rasmiy siyosatiga muvofiq kelmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.