“Krokus”ga hujumda gumonlanuvchilar so‘roq qilinishi aks etgan videolavha namoyish etildi (video)
Rossiyaning “Birinchi kanal” telekanali teraktda gumonlanib qo‘lga olingan to‘rt kishini so‘roq qilish jarayoni aks etgan videolavhani namoyish qildi, deb yozadi “RBK”. Unga ko‘ra, “Krokus Siti Xoll” konsert majmuasiga hujum qilganlar Sayfullo ismli shaxsdan topshiriqlar olgan.
Birinchi bo‘lib Dalerjon Mirzoyev so‘roq qilingan. Hujumdan keyin guruhning rejalari qanaqa bo‘lgani haqidagi savolga u “Kiyev tomonga qarab”, — deya javob bergan. “Sayfullo bizga Ukrainaga, Kiyevga ketishimizni aytdi. U yerda bir million rubl berishlarini aytgandi”, — dedi Saidakramiy Rachabalizoda. Shunday summa to‘rt kishining har biriga va’da qilingan, deya aniqlik kiritdi Muhammadsobir Fayzov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Sayfullo Ukraina chegarasida ularni odamalr kutib olib, chegaradan o‘tishda yordamlashadi, deb va’da bergan.
Rossiya maxsus xizmatlari aniqlashicha, chegaradan o‘tish uchun ikkita yo‘lak tayyorlangan — Ukraina tomonida Sumi viloyatidagi chegaraga yondosh Chuykovka va Sopich qishloqlari yaqinida minalardan tozalash ishlari olib borilgan. Hibsga olinganlar aytishicha, Sayfulloning ko‘rsatmasiga binoan, ular chegaragacha 4 km masofada to‘xtab avtomobilni yoqib yuborishi va piyoda ketishi kerak edi.
Sharhlar