OAVlar Ukrainada 61 mingdan ortiq Rossiya harbiylari halok bo‘lganini aniqladi
Ukrainada 2022-yil fevralida boshlangan to‘liq ko‘lamdagi urushda halok bo‘lgan 61 831 nafar rossiyalik harbiy xizmatchining shaxslari aniqlangan. Bu haqda “Mediazona” va BBC Russia nashrlari ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, eng ko‘p 30 dan 38 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar halok bo‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, 19-iyuldan buyon qurbonlar ro‘yxatiga ikki mingdan ortiq odam qo‘shilgan. “So‘nggi oylarda talafot ancha ahamiyatli tarzda oshmoqda, biz uni qayd etishga ulgurmay qolyapmiz”, — deb yozadi “Mediazona”. Natijada bir necha mingta ism hali ko‘rib chiqilmasdan turibdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols may oyida Ukrainadagi urushda oyiga 24 ming rossiyalik askar halok bo‘layotgani yoki yaralanayotganini ma’lum qilgan edi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi aprelda Rossiyaning talafotini 450 ming kishiga (halok bo‘lgan yoki yaralangan) baholagan edi.
Sharhlar