HAMAS 15-avgust kuni G‘azo bo‘yicha muzokaralarda qatnashishdan bosh tortdi
Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi muzokaralarga o‘z vakillarini yubormaydi, deb yozadi “Kommersant”. Vositachilar ishtirokidagi maslahatlashuvlar 15-avgust kuni Doha yoki Qohirada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jangarilar Isroil hukumati urushni tugatishdan manfaatdor emas, deb hisoblaydi.
HAMASning Livandagi vakili Ahmad Abdul Hodiy aytishicha, harakat umuman olganda, muzokaralarga va bitim tuzilishiga qarshi emas, biroq muammo Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning pozitsiyasidan iborat. “Katta ehtimol bilan u aldayapti, o‘zini olib qochyapti va urushni davom ettirmoqchi, hatto uni mintaqaviy darajada kengaytirmoqchi, shuning uchun ham muzokaralardan o‘z agressiyasini davomettirish uchun niqob sifatida foydalanmoqda”, — dedi Ahmad Abdul Hodiy.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer brifingda AQSH HAMAS ishtirokchilari muzokaralarda qatnashishiga umid qilayotganini aytdi. “Biz muvofiq bo‘lganidek, olg‘a siljishimizga umid qilmoqdamiz”, — dedi u maslahatlashuvlar Falastin harakatining ishtirokisiz o‘tishi mumkinmi, degan savolga javoban.
O‘t ochishni to‘xtatish haqidagi yaqona kelishuv 2023-yil 24—30-noyabr kunlari amal qilgan. O‘shanda HAMAS 81 nafar isroillik va 24 nafar xorijlikni asirlikdan ozod etgandi. O‘shandan buyon jangovar harakatlarni to‘xtatish masalasi ko‘p bora ko‘tarilgan.
9-avgust kuni Binyamin Netanyaxu kanselyariyasi Isroil delegatsiyasi sulh haqidagi muzokaralar uchun 15-avgust kuni jo‘nab ketishini ma’lum qilgandi.
Sharhlar