HAMAS Isroil bilan sulh tuzishga tayyor — CNN
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar vositachilar orqali Isroilga xabar jo‘natdi, unda o‘t ochishni to‘xtatish haqida bitim tuzish istagi haqida aytiladi, deb yozadi CNN isroillik manbasiga tayanib.
Nashrning vaziyatdan xabardor manbasi aniqlik kiritishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ushbu masalada qanday pozitsiyaga ega ekani hozircha noaniq. Biroq ta’kidlanishicha, AQSH hukumati Isroilga nizo kuchayib ketmasligi uchun bitim tuzish vaqti kelganiga ishora qilgan.
O‘t ochishni to‘xtatish haqidagi yaqona kelishuv 2023-yil 24—30-noyabr kunlari amal qilgan. O‘shanda HAMAS 81 nafar isroillik va 24 nafar xorijlikni asirlikdan ozod etgandi. O‘shandan buyon jangovar harakatlarni to‘xtatish masalasi ko‘p bora ko‘tarilgan.
9-avgust kuni Binyamin Netanyaxu kanselyariyasi Isroil delegatsiyasi sulh haqidagi muzokaralar uchun 15-avgust kuni jo‘nab ketishini ma’lum qilgandi.
Sharhlar