Rossiya va Ukraina “90 ga 90” sxemasi bo‘yicha asirlar bilan ayirboshlashdi
Rossiya va Ukraina harbiy asirlar bilan ayirboshlashdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Ukraina asirlikda saqlanayotgan 90 nafar rossiyalik harbiy xizmatchini, Rossiya ham 90 nafar ukrainalik harbiyni o‘z vataniga qaytardi.
Vazirlik xabarida aytilishicha, harbiy asirlar bilan ayirboshlashuvda Birlashgan Arab Amirliklari vositachilik qilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyadagi asirlikdan 90 nafar ukrainalik askar qaytib kelganini tasdiqladi.
So‘nggi marta Moskva va Kiyev asirlar bilan ayirboshlashuv haqida 2024-yil 31-may kuni ma’lum qilgandi. O‘shanda Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hududidan 75 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qaytarilib, Ukrainaga 75 nafar harbiy topshirilganini xabar qilgandi.
Sharhlar