AQSHning Iroqdagi harbiy bazasi hujumga uchradi
AQSHning Iroqdagi bazasiga berilgan raketa zarbasi oqibatida kamida besh nafar amerikalik harbiy xizmatchi yaralandi. Bu haqda Reuters 6-avgustga o‘tar kechasi AQSH rasmiylariga tayanib xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Iroq g‘arbidagi Al-Asad aviabazasi “Katyusha” baravar o‘t ochish reaktiv tizimi ikkita raketasi bilan hujumga uchragan.
Qurbonlar soni o‘zgarishi mumkin. Ayni paytda baza xodimlari hujumdan keyingi zararni baholamoqda. Vashingtonda Iroqdagi Amerika harbiylarini himoya qilish va hujumga javoban choralar ko‘rish muhokama qilindi.
AQSH bazasiga hujum Bayrutda “Hizbulloh” harakati komandiri va Tehronda HAMAS rahbari o‘ldirilganidan keyin Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi fonida yuz berdi. Har ikkala guruh ham Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Sharhlar