AQSH Isroilga harbiy ehtiyojlar uchun 3,5 mlrd dollar taqdim etishi mumkin
AQSH Isroilga Amerika quroli va harbiy texnikasini sotib olish uchun 3,5 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda CNN o‘z manbalariga tayanib. Ta’kidlanishicha, Isroil bu summani darhol qo‘lga kiritolmaydi, chunki mamlakat sotib olmoqchi bo‘lgan qurol-yarog‘ tizimlari endi yaratilyapti.
Manbalarga ko‘ra, 8-avgust kuni AQSH Davlat departamenti Kongressni Jo Bayden ma’muriyati Isroilga bir necha milliardlik xorijiy harbiy moliyalashtirishni taqdim etishi haqida xabardor qilgan. Ushbu mablag‘lar amerikalik mansabdorlar aprelda kelishib olgan 14,1 milliard dollarlik yordam paketidan ajratiladi.
Moliyalashtirish Isroilga AQSHdan ilg‘or qurol-yarog‘ tizimlari va boshqa uskunalarni sotib olish imkonini beradi. Manbalar nashrga ma’lum qilishicha, Isroil va butun mintaqa Eron va “Hizbulloh” tomonidan hujumga tayyorlanayotgani tufayli, ko‘mak shu hafta ajratilmoqda.
Sharhlar