Harbiy ro‘yxatga turmagan 17 yoshli ukrainaliklarga chaqiruv qog‘ozi yuboriladi

Гражданам Украины 17 лет, не ставшим на военный учет, будут посылать повестки, эти меры не имеют отношения к мобилизации.

Harbiy ro‘yxatga turmagan 17 yoshga to‘lgan Ukraina fuqarolariga chaqiruv qog‘ozi yuboriladi, bu choralarning safarbarlikka aloqasi yo‘q…

Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari sahifasida ma’lum qilindi.

Tushuntirilishicha, qonunga ko‘ra, harbiy ro‘yxatga olingan yili 17 yoshga to‘lgan erkak fuqarolar yanvar-mart oylarida buni amalga oshirishlari shart.

“Muayyan sabablarga ko‘ra harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tmagan yigitlar, ro‘yxatdan o‘tish joyida Hududiy to‘ldirish markaziga kelish va harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tish uchun chaqiruv qog‘ozi yordamida xabardor qilinadi”, – deya tushuntiradi Ukraina qurolli kuchlari.

Biroq, harbiy ro‘yxatga qo‘yish davom etayotgan safarbarlik faoliyati bilan bog‘liq emas.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.